O‘zbekiston | 16:24 / 15.08.2022
9221
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizani tahrirlash va to‘lov uchun qo‘shimcha muddat berildi

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni tahrirlash va to‘lov uchun qo‘shimcha muddat taqdim etildi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: Kun.uz

Ko‘p sonli talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq kamchiliklar sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash va belgilangan to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha bir kun berildi.

Arizasi rad etilgan talabalar hujjatlarni 16 avgust 18:00 ga qadar tahrirlab, to‘lovini amalga oshirgan holda qaytadan yuborishi mumkin.

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan bo‘lib, o‘tish ballari bilan info.edu.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Mavzuga oid