Olimlar Marsda kislorod olish usulini topishdi
Tadqiqotchilar is gazidan kislorod ajratib olish uchun plazmadan foydalanishni taklif qilmoqda.
Massachusets texnologiya instituti rahbarligidagi xalqaro tadqiqotchilar guruhi plazma yordamida Mars sharoitida kislorod olish usulini ishlab chiqdi. Olimlarning tadqiqoti Journal of Applied Physics jurnalida chop etildi.
«Kislorod olish uchun is gazi molekulalarini parchalash murakkab jarayon. Bundan tashqari, yana bir murakkablik reaksiya davomida olingan kislorodni gaz aralashmasidan ajratib olishda. Har ikki muammoni hal qilishda plazma yordam beradi», – deb hisoblaydi olimlar.
Plazma – materiyaning to‘rtinchi shakli. Plazma elektron va ion kabi erkin zaryadlangan zarralarga ega. Elektronlarni elektron maydonlar yordamida osongina harakatga keltirish mumkin.
Elektronlar is gazi molekulasi bilan to‘qnashganda uni parchalab, kislorod va gazlar aralashmasini hosil qiladi. Plazmadan ajralib chiqqan issiqlik kislorod ajralishiga yordam beradi. Olimlar bu nazariyani tajriba asosida isbotlab berishdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu texnologiya Marsda yashash tizimi hamda yonilg‘ini qayta ishlash, qurilish materiallari va o‘g‘itlar ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan kimyoviy moddalarni ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:59 / 18.12.2024
Olimlar Marsda suv topish ehtimolini baholadi
20:08 / 10.11.2024
Xitoyga tegishli marsoxod Marsda qadimiy okean izlarini topdi
10:56 / 07.11.2024
Pomidordan qulupnaygacha. Marsda yashay oladigan 8 ta o‘simlik ma’lum qilindi
10:30 / 09.10.2024