O‘zbekiston | 14:40 / 19.08.2022
10446
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda 672 ta yo‘rg‘a tuvaloq Ustyurt tekisligiga qo‘yib yuborildi. 

Yo‘rg‘a tuvaloqlardan yana 672 tasi Ustyurt tekisligi hududiga qo‘yib yuborildi. Jarayon Davlat ekologiya qo‘mitasi va Falcon hunting solutions kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Ekologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yo‘rg‘a tuvaloq Ӯzbekiston Qizil kitobi hamda xalqaro Qizil kitobga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan va noyob qush hisoblanadi.

Yo‘rg‘a tuvaloq respublikada asosan Qizilqum cho‘li, Ӯzbekistondan tashqarida Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Kavkazorti, Misr, G‘arbiy Osiyo, Mo‘g‘ulistonda uyalaydi. 

Cho‘llarga bahorga yaqin uchib keladi. Har biri ikki, uch donadan tuxum qo‘yadi va 21, 25 kun davomida bosib yotadi. Polaponlari iyun-iyul oylarida ucha boshlaydi. 

Mamlakatda bu noyob qushlarni maxsus pitomniklarda ko‘paytirib, tabiatga qo‘yib yuborish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Mavzuga oid