Jahon | 20:41 / 20.08.2022
23628
1 daqiqa o‘qiladi

Dunay daryosi qurishi natijasida Ikkinchi jahon urushi davrida cho‘kib ketgan kemalar qoldiqlari ko‘rinib qoldi

Daryoning Serbiyadagi Praxov rayoni hududidan o‘tgan qismida 20ta harbiy kema qoldiqlari aniqlangan.

Foto: Reuters

Yevropadagi Dunay daryosi qurishi natijasida Ikkinchi jahon urushi davrida cho‘kib ketgan kemalar ko‘rinib qoldi, deb yozadi Reuters.

Agentlik xabariga ko‘ra, Dunayning Serbiyadagi Praxov rayoni hududidan o‘tgan qismida 20ta harbiy kema qoldiqlari aniqlangan.

Qayd etilishicha, bu kemalar 1944 yilda Germaniya qo‘shinlari chekinayotgan vaqtda cho‘kib ketgan.

Kemalarda portlovchi moddalar qolgan bo‘lib, ularni yo‘q qilish uchun 29 million yevro kerak bo‘ladi.

Dunay daryosi qurishiga Yevropada kuzatilayotgan rekord darajadagi jazirama va qurg‘oqchilik sabab bo‘ldi. 

Mavzuga oid