O‘zbekiston | 08:34 / 23.08.2022
4474
2 daqiqa o‘qiladi

Sportni rivojlantirish vazirligi asosiy vazifalari belgilandi

Hukumat qarori bilan Sportni rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Sportni rivojlantirish vazirligi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va sport sohasida yagona davlat siyosatini yuritadi.

Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni tayyorlash vazirlik asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Vazirlik Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Vazirlik tarkibiga quyidagi OTMlar kiradi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg‘ona filiallari; “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi Samarqand filiali.

Nizom bilan vazirlik huquqlari va javobgarligi, maqomi, moliyalashtirish tartibi belgilanmoqda.

Vazirlik 2022 yil 18 fevraldagi prezident farmoni bilan tashkil etilgan.

Mavzuga oid