O‘zbekiston | 13:22 / 24.08.2022
9064
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy davlatlardagi 36 nafar vatandosh «Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari  G‘ayratulla Shukurov tizimda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

G‘ayratulla Shukurov

"2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida"gi prezident farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida idoralararo ishchi guruh takliflari asosida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi

Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston davlat siyosati konsepsiyasi izchil amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida qo‘mita boshchiligida 38 ta vazirlik va idora vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan xorijiy davlatlardagi 36 nafar faol vatandoshlar qo‘mitaning “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 

Mavzuga oid