O‘zbekiston | 10:16 / 25.08.2022
9374
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda fotosuratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, fuqarodan pul talab qilgan ayol ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, G‘allaorol tumani Saroy qishlog‘ida doimiy ro‘yxatda turib, Zafarobod tumanida vaqtincha yashab kelgan ayol internetdan Sharof Rashidov tumani Saroylik mahallasida yashovchi yigitning fotosuratlarini ko‘chirib olgan. So‘ng ularni montaj qilib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilishini aytib qo‘rqitgan va yigitdan 5 million so‘m talab qilgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol yigitdan talab qilgan pullarini Jizzax shahrida olayotganda daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Surxondaryoda fuqaroning videolarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, 1000 dollar talab qilgan shaxs ushlangandi.

Mavzuga oid