O‘zbekiston | 23:21 / 27.08.2022
41140
1 daqiqa o‘qiladi

OTMlarda to‘lov-kontrakt oshmaydigan bo‘ldi (yo‘nalishlar bo‘yicha jadval)

Foto: Kun.uz

2022/23 o‘quv yilida barcha davlat OTMlarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi. Bu – prezident topshirig‘i, deya ma’lum qildi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, istisno tariqasida, 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlari davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda ham, bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2021/22 o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan birga, 2022/23 o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

Mavzuga oid