Jahon | 19:27 / 29.08.2022
7866
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya sohilida 300 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan paromda yong‘in chiqdi

Voqea joyiga uchta vertolyot va yettita kema jo‘natilgan, yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish boshlangan.

Foto: AP

Shvetsiya sohilida bortida 300 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtomobil paromida yong‘in chiqdi.

Frans Press agentligining xabar berishicha, paromda qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.

Dengiz ma’muriyati vakili Yonas Fransenning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyiga uchta vertolyot va yettita kema jo‘natilgan, yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish boshlangan.

Stena Scandica paromi Shvetsiyaning Gotska-Sandyon oroli yaqinida bo‘lgani aytilmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar va yong‘in sababi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Mavzuga oid