O‘zbekiston | 10:20 / 31.08.2022
7573
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidenti maxsus vakili AQSh elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi afg‘on yo‘nalishidagi munosabatlar bugungi holati va istiqbollari, Afg‘onistondagi vaziyat rivoji bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Elchi O‘zbekistonning afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish va Afg‘onistonga iqtisodiy jihatdan ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Amerika tomoni 25-26 iyul kunlari Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tganini alohida ta’kidladi. Mazkur forum nafaqat Afg‘onistonda, balki butun mintaqada barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni faollashtirishda muhim maydonga aylangani qayd etildi.

Mavzuga oid