O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test yuzasidan apellyatsiya arizasini qabul qilish boshlandi
Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMdan, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
Apellyatsiya arizalari 6 sentabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.
Talabgor apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Apellyatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.
Mavzuga oid
17:23 / 12.12.2024
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi
17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi
18:39 / 11.10.2024
Abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi
12:33 / 17.08.2024