O‘zbekiston | 07:48 / 01.09.2022
14780
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zarxiv» Oliy kengashning davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi qarori asl nusxasini ko‘rsatdi

1991 yil 31 avgustda Oliy kengashning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi. Xuddi shu qaror bilan 1 sentabr Mustaqillik kuni, shuningdek, dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Foto: Uzarxiv

Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi Oliy kengash qarorining asl nusxasi «O‘zarxiv»da e’lon qilindi

Eslatib o‘tamiz, 1991 yil 31 avgustda «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»gi qonun ham qabul qilingan edi. 

1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy kengashining ikkinchi sessiyasida suverenitet to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilindi. 

Mavzuga oid