«Bunday hakamlik – futbolning ustidan kulish». Shatskix Namangandagi o‘yindan keyin hakamlarni tanqid qildi
O‘zbekiston kubogi chorakfinali doirasidagi «Navbahor» - «Paxtakor» (2:1) o‘yinidan so‘ng toshkentliklar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida qatnashib, o‘yindagi hakamlikni futbolni ustidan kulish deb izohladi.
«Bugun ushbu mavzuga to‘xtalishni istamagandim, ammo gapirishga majburman. Bu hakamlik sovet davridan qolgan uy hakamligi bo‘ldi. O‘zbekiston kecha mustaqilligini bayram qildi, bunga 31 yil to‘ldi. Ammo hakamlik hamon o‘sha davrda qolib ketgandek. Bu futbolning ustidan kulish. Men yigitlarga o‘yindan keyin rahmat aytdim. O‘zimizga gol olib keldik. O‘yinni nazorat qildik. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Chempionat o‘yinlari oldimizda, kurashni davom ettiramiz.
Darvozabonimiz biror marta raqibning ijodkorligi sababli hujumdan keyin to‘pga tegmadi. Qanotdan uzatilgan to‘plar va zarbalar o‘yin emas. Biz bu yerda qotib qolishni xohlamaymiz. O‘sishni istaymiz, zamonaviy futbol o‘ynamoqchimiz. Mag‘lubiyatga xatolarimiz sabab bo‘ldi. Shunday hakamlik bilan ham yutishimiz kerak edi», - deya Shatskixning so‘zlarini keltirgan klub matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuvda Shahzod Azmiddinov hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin yakunigacha Jamshid Iskanderov penaltidan ikkita gol kiritib Samvel Babayan shogirdlariga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, «Paxtakor» kubok bahslarini tark etib, so‘nggi 4 yilda ilk marta musobaqa yarimfinalida o‘ynamaydigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
18:13 / 21.11.2024
Shatskix «Paxtakor»dagi vazifasiga qaytgach, Tojiyev, Cheran, Sobirxo‘jayev qaydnomaga ham kiritilmadi
13:50 / 02.11.2024