O‘zbekiston | 17:00 / 04.09.2022
11494
8 daqiqa o‘qiladi

ERIELL Group: mamlakat farovonligi yo‘lidagi mehnat

Foto: ERIELL Group

Joriy yilning 4 sentabr kuni mamlakatimizning yetakchi neft konlariga xizmat ko‘rsatuvchi ERIELL Group kompaniyasi mutaxassislari O‘zbekiston neft va gaz sanoati sohasidagi barcha hamkasblari bilan birgalikda o‘zlarining asosiy kasb bayramlarini nishonladilar.

Mamlakatimiz neft va gaz sohasida asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari muttasil o‘sib bormoqda. ERIELL Group kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi qarori ijrosi doirasida 2017 yilda qabul qilingan “Uglevodorod xomashyosini qazib olishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” loyihasini amalga oshirish jarayonida bosh pudratchi hisoblanadi. Dastur kompaniya guruhi tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda, jumladan, pastdebitli quduqlarda oqimni kuchaytirish yo‘nalishida amalga oshirilmoqda.

ERIELL bir qator loyihalarning bosh pudratchisi sifatida butun O‘zbekiston bo‘ylab neft va gaz qazib oladi. Kompaniyalar guruhi “O‘zbekneftgaz” AJ, Sanoat Energetika Guruhi (SEG) MChJ XK, Surhan Gas Chemical, Natural Gas Stream QK, Gazli Gas Storage MChJ XK, Uz-Kor Gas Chemical QK MJCh cingari buyurtmachilar konlarida mehnat qiladi.

Birgina yer qa’ridan foydalanuvchi SEGda 100 dan ortiq kon mavjud bo‘lib, ularni o‘zlashtirish jarayonida ERIELL mutaxassislari nafaqat yangi quduqlarni samarali burg‘ilash, balki o‘n yillar davomida ishlamay turgan eski quduqlarni ham muvaffaqiyatli tiklaydi. Kompaniyaning neft konlariga xizmat ko‘rsatish guruhining zamonaviy texnologiyalari darajasi ularni qayta ishga tushirish va mamlakatni qo‘shimcha neft va gaz bilan ta’minlash imkonini beradi. Mahsuldor qatlamlarni izlash bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda. ERIELL Group shu yilning o‘zida buyurtmachi SEG obektlarida 2D uzunligi 1214 kilometr va 3D-500 kvadrat kilometr seysmorazvedka tadqiqotlari o‘tkazishni rejalashtirmoqda.   

Gazli Gas Storage buyurtmachining “Gazli” yerosti gaz ombori (YeOGO)ni kengaytirish loyihasini amalga oshirishda Kompaniyaga alohida vazifa yuklatilgan. Mamlakatdagi eng yirik yerosti ombori hajmini 3 milliarddan 6 milliard kub metrgacha oshirish rejalashtirilgan. Kompaniyada bugungi kunda obektlarda yangi quduqlarni burg‘ilash uchun 6 dona burg‘ilash va yuk ko‘tarish qurilmalari ishlamoqda. ERIELL burg‘ilovchilarining «Gazli» konidagi mehnatining o‘ziga xos xususiyati quduqlarni qurish va burg‘ilash ishlarini muddatidan oldin yakunlashi hisoblanadi.

ERIELL Group mutaxassislarining tajribasi va texnologiyalari buyurtmachi Surhan Gas Chemical'ning «Mustaqillikning 25 yilligi» konini o‘zlashtirish uchun bosh pudratchi sifatida tanlanishida muhim asos bo‘ldi. Bu yerda qatlamlardagi vodorod sulfidining yuqori tarkibi (8%) va konning murakkab tog‘-geologik sharoiti kabi omillar uglevodorodlarni qazib olish vazifasini murakkablashtiradi. Innovatsiyalar va eng yaxshi xalqaro texnologiyalarni qo‘llash ERIELL'ga konlarni o‘zlashtirishda yordam beradi. Aynan shu yerda kompaniya tomonidan butun loyiha doirasida quduqlarni klasterli burg‘ilash konsepsiyasi ilk bor qo‘llangan. Va aynan shu yerda qayta-qayta kunlik kavlab borish bo‘yicha rekordlar o‘rnatilgan. «Mustaqillikning 25 yilligi» konida mamlakatda birinchi marta quyi Yura va Paleozoy yotqiziqlariga yuqori harorat va yuqori qatlam bosimi sharoitida chuqurligi 4749 m bo‘lgan quduq burg‘ilandi. Va bu har kuni to‘ldirilishi davom etayotgan noyob ishlanmalar, rekordlar, yangi uslublarning to‘liq ro‘yxati emas. 

Ilg‘or texnologiyalar va ERIELL xodimlarining yuqori kasbiy mahorati bajarilayotgan ishlar sifati va xavfsizlik sohasida yuqori standartlarni saqlab qolgan holda turli xil, jumladan, O‘zbekistonning eng murakkab konlarida samarali intervallarni batafsil sinovdan o‘tkazish imkonini beradi.

ERIELL’ning jahon miqyosidagi texnologiyasi kompaniya xorijiy konlarni o‘zlashtirishga taklif qilinganida yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu borada kompaniya qator mamlakatlar, xususan, Iroq va Bangladeshda ish tajribasiga ega. O‘tgan oyning o‘rtalarida Bxola orolida joylashgan «Shaxbazpur» konida 1-sonli Tabgi qidiruv qudug‘ini burg‘ilash rasmiy ravishda boshlandi. Tadbirda Bangladesh vazirliklari va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur mamlakatda neft konlariga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya avval 17 ta quduqni muvaffaqiyatli burg‘ilagan bo‘lib, keyin esa pandemiya bilan bog‘liq uch yillik tanaffus yuz bergan. Endilikda hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi!

ERIELL Group’ning kundalik faoliyati va yutuqlari haqida juda ko‘p va qiziqarli ma’lumotlarni keltirish mumkin. Neft va gaz sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlangan bir maqola doirasida yana bir, lekin juda ta’sirli va muhim jihatni qo‘shimcha qilish mumkin. Bu Kompaniya hayotining ajralmas qismiga aylangan xayrli ishlardir. Tom ma’noda shu kunlarda, vatanimizning asosiy bayrami – Mustaqillik kuni arafasida Toshkent viloyatidagi “Kichkintoy” bolalar uyi yangilanib, kapital ta’mirlangan holda tarbiyalanuvchilarga tuhfa qilindi. Bolalar nafaqat chiroyli binoga, balki yangi mebellar, idish-tovoqlar va ovqatlanish anjomlari umuman olganda, ularga har kuni hamroh bo‘ladigan barcha narsalarga ega bo‘ldi. Kompaniya hisobida so‘nggi yillarda u tomonidan yangi hayot bag‘ishlangan bir qator mehribonlik uylari mavjud bo‘lib, u yerdagi bolalar o‘zlariga juda zarur bo‘lgan g‘amxo‘rlikni yanada ko‘proq his qilmoqda. Har bir shunday rekonstruksiya yakunida ERIELL tomonidan bolalar uchun yorqin bayramlar o‘tkaziladi. Xayrli ishlar ro‘yxatini davom ettirish mumkin, ularning har biri ikkala tomonni ham birdek quvontiradi va kompaniyani yangi xayriya aksiyalarini o‘tkazishga undaydi.

ERIELL Group o‘zining kasb bayramida har yili an’anaviy ravishda qilingan ishlarni sarhisob qiladi, amalga oshirishi kerak bo‘lgan rejalar haqida o‘ylaydi va albatta, eng yaxshi xodimlarni erishilgan yutuqlari uchun rag‘batlantiradi. Kompaniya guruhining Qarshi filialidagi “Beshkent” IChTBda shunday tantanali tadbirlardan biri tashkil etildi. Bu yerda an’anaga ko‘ra, eng yaxshi xodimlarga mukofotlar, faxriy yorliqlar va sovg‘alar topshirildi. Kasb bayrami munosabati bilan katta dasturxon yozilib, taniqli san’atkorlar chiqishlari tashkil etildi.

Tabriklar barcha uchun – bayram dasturxoni atrofida o‘tirganlar, shu soatlarda vaxtalarda burg‘ilash ishlarini davom ettirayotganlar uchun ham yangradi, chunki hamyurtlarimizga mahalliy neft va gaz qazib olish, mamlakatimiz farovonligi va gullab-yashnashi uchun neft va gaz qazib olish ishlari kun vaqtidan, ob-havo, turli sharoitlardan qat’i nazar, kecha-yu kunduz davom etadi.

Mahalliy uglevodorodlar – mamlakat hududida qazib olinadigan neft va gaz davlat budjeti talafotlarini kamaytirish, odamlarni zarur neft va gaz, demakki, elektr energiyasi bilan ta’minlash, ish o‘rinlarini yaratgan holda yangi ishlab chiqarish korxonalarini ochish demakdir. Zero bu har bir oilaning imkoniyatlari ko‘p bo‘lishi, farzandlarimiz bilim olishi, jonajon diyorimiz gullab-yashnashi, obod bo‘lishi uchun xizmat qilsin.

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid