O‘zbekiston | 08:18 / 05.09.2022
26165
2 daqiqa o‘qiladi
Qanday hollarda «zagranpasport» uchun davlat boji to‘lanmasligi ma’lum qilindi
«Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, qator hollarda fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasporti berilgani uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
Ular quyidagicha:
- yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;
- fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilgan taqdirda;
- voyaga yetmagan shaxsga, unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda;
- voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, ta’lim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda;
- «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan shaxsga, unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda;
- biometrik pasport O‘zbekiston yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, maishiy tusdagi ofatlar yuz bergani natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar tomonidan yo‘qotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolar xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlar uchun davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan to‘lanadi.
Mavzuga oid
09:40 / 17.08.2024
Sud hukmlarining dublikati va ko‘chirma nusxalari uchun boj to‘lanadi
07:30 / 26.07.2024
Tayyor zargarlik buyumlariga import bojxona boji kamaytiriladi
13:37 / 20.06.2024
Yevroittifoq Ukrainadan ayrim mahsulotlar importiga boj joriy qilyapti
08:51 / 03.06.2024