O‘zbekiston | 11:47 / 07.09.2022
5265
1 daqiqa o‘qiladi

FVV yozda necha kishi cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisaga uchraganini ma’lum qildi

Joriy yil yoz mavsumida 142 nafar fuqaro cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar tufayli vafot etgan.

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev suvda cho‘kish bilan bog‘liq hodisalar oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Baxtsiz hodisalar 51 holatda cho‘milish taqiqlangan, ruxsat etilmagan, cho‘milish uchun sharoit bo‘lmagan, xavfli suv havzalarida cho‘milganlik oqibatida, 85 holatda esa ehtiyotsizlik natijasida yuzaga kelgan. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu cho‘kkanlar 45,3 foizi voyaga yetmaganlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelgan 85 kishi cho‘kishi daryolar, kanallar hamda ariqlar ustidagi suv, gaz, chiqindi oqova suv quvurlaridan yo‘lni qisqartirish maqsadida ko‘prik sifatida foydalanib o‘tishi hamda suv havzalari qirg‘oq bo‘ylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etmagani sababli yuz bergan.

Mavzuga oid