O‘zbekiston | 08:09 / 08.09.2022
3415
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Xitoydan 15 ming tonna choy olib kelindi

Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

O‘zbekistonga 2022 yil yanvar-iyul oylarida Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida choy yetakchilik qilyapti – 15,1 ming tonna.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1,8 ming tonna mandarin va 627 tonna olma ham olib kelingan.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • o‘simlik yog‘i – 532 tonna;
  • kakao va shokolad – 458 tonna;
  • makkajo‘xori – 446 tonna;
  • qandolat mahsulotlari – 161 tonna;
  • baliq va dengiz mahsulotlari – 41,4 tonna.

Mavzuga oid