Jahon | 20:42 / 14.09.2022
22598
2 daqiqa o‘qiladi

Pashinyan Samarqandga kelmaydi 

13 sentabrga o‘tar kechasi Yerevan va Boku chegaradagi vaziyat keskinlashgani haqida xabar bergandi. 

Foto: Yegor Aleyev/TASS

Nikol Pashinyan ShHTning 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitida qatnashmaydi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar berdi. 

“Nikol Pashinyan Armanistondagi vaziyat sababli ShHTning Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitida qatnashmaydi”, deyiladi xabarda. 

13 sentabrga o‘tar kechasi Yerevan va Boku chegaradagi vaziyat keskinlashgani haqida xabar bergandi. 

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Ozarboyjon bilan sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda 105 nafar armanistonlik harbiy halok bo‘lgan. 

Pashinyan Armaniston yordam so‘rab Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) murojaat qilganini bildirgan. 

Avvalroq ShHTning Samarqanddagi sammitida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Armaniston-Ozarboyjon chegarasidagi jangovar harakatlarni muhokama qilishi to‘g‘risida xabar berilgandi

ShHTning Samarqand sammitida O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarboyjon, Turkmaniston va Armaniston yetakchilari ishtirok etishi ma’lum qilingan

Mavzuga oid