O‘zbekiston | 13:40 / 15.09.2022
7937
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Hayratonda og‘ir sharoitda yashayotgan oilalarga insonparvarlik yordami ko‘rsatdi

Hayraton shahridagi og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalarga insonparvarlik yordami yetkazib berildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi va O‘zbekistonning Mozori-Sharifdagi konsulligi vakillari tomonidan 24 tonnadan iborat insonparvarlik yuklari Afg‘onistonning Balx viloyati, Hayraton shahrida og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalarga yetkazib berildi

120 ta oilaga mo‘ljallangan 8 turdagi zarur oziq-ovqat mahsulotlari (50 kilogrammdan un, 25 kilogrammdan guruch, 10 kilogrammdan shakar, 10 litrdan yog‘, 10 bankadan tushonka, 10 bankadan murabbo, 2 qutidan makaron, 2 qutidan lapsha) Hayraton shahri ma’muriyati rahbari Xaliulloh Foruqiy, Afg‘oniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda tashqi ishlar vazirligi vakillari ishtirokida fuqarolarga topshirildi.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan 58 tonnalik zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuklari Afg‘onistonning Balx viloyati shimolidagi Kaldor tumanida og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan 420 ta oilaga yetkazib berilgandi.

Mavzuga oid