O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.
Marosim Samarqanddagi samarali muzokaralar yakunida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur deklaratsiya O‘zbekiston va Rossiyaning ko‘p qirrali hamkorligi rivojida yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi. Unda o‘zaro aloqalarga alohida e’tiborga molik yaqin va jadal hamkorlik sifatida qaralishi qayd etilgan.
Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, atom energetikasi, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni aniq yo‘nalishlar asosida rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Umuman, O‘zbekiston–Rossiya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy asosini 350 dan ziyod hujjat tashkil qiladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi katta xizmatlari uchun Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘ldi.
Davlatimiz rahbarini ushbu orden bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmon joriy yilning iyul oyida qabul qilingan edi.
Prezidentimiz mukofotni qabul qilar ekan, uni, birinchi navbatda, butun O‘zbekiston xalqining o‘zaro do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasining e’tirofi deb bilishini ta’kidladi.
Qayd etish joizki, Aleksandr Nevskiy ordeni bilan Rossiya Federatsiyasi bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ko‘maklashishda xizmat ko‘rsatgan atoqli xorijiy siyosat va jamoat arboblari mukofotlanadi.
Mavzuga oid
14:14
Kremlda Putin va Slovakiya bosh vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10:43
Tramp Putin u bilan Ukraina masalasida uchrashmoqchi ekanini ma’lum qildi
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
07:55 / 20.12.2024