Samarqandda Xitoy rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
15 sentabr kuni Samarqanddagi Kongress markazida davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Xitoy raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Jinping shohsupaga ko‘tarildi. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul tantanali ravishda saf tortib o‘tdi.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari ham hozir bo‘ldi.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng O‘zbekiston va Xitoy yetakchilarining muzokaralari boshlandi.
14 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Xitoy raisi Si Jinping davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida Xitoy yetakchisini davlat rahbari kutib oldi.
Mavzuga oid
17:07
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
23:24 / 23.12.2024
Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
11:25 / 23.12.2024