O‘zbekiston | 08:23 / 16.09.2022
7109
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekistonda charm-poyabzal sohasida yangi loyihalarni ishga tushirishi mumkin

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida charm-poyabzal sanoati sohasidagi o‘zaro hamkorlik ko‘lamlari kengaymoqda.

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi Xitoydagi vakolatxonasi va Xitoy Xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi Venchjou qo‘mitasi hamkorligida O‘zbekiston - Xitoy charm-poyabzal sanoati hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Xitoy Xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi Venchjou qo‘mitasi prezidenti Cu Lishen Xitoy korxonalarining O‘zbekiston bozoriga qiziqishi katta ekanini, respublikada charm-sanoat sohasida olib borilayotgan islohotlar xitoylik mutaxassislar tomonidan kuzatilayotganini qayd etdi.

"O‘zcharmsanoat" uyushmasi raisi o‘rinbosari Farhod Nurmuhammedov charm sanoati investitsiya va eksport salohiyati taqdimotini o‘tkazdi. U xitoylik hamkasblarini 12-14 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan UzCharmExpo 2022 xalqaro ko‘rgazmasiga taklif etdi. U Xitoy korxonalari vakillarining O‘zbekistonda yangi sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishiga ishonch bildirdi.

“Penshen” industrial parki direktori o‘rinbosari Van Fentay O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik mustahkam poydevorga ega bo‘lib, bugungi kunda yangi o‘suvchanlik bilan ravnaq topayotganini qayd etdi. U Xitoy ishbilarmon doiralari vakillarini O‘zbekistonda charm-sanoat sohasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga da’vat etdi.

Mavzuga oid