Axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga tavsiya berish tartibi belgilandi
Axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari ta’sischilari (ishtirokchilari)ga tavsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Tavsiya quyidagilarga beriladi: O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritayotgan xorijiy investorga; axborot texnologiyalari sohasida oxirgi 12 oyda yillik daromadi 30 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan xorijiy mutaxassisga; Texnopark rezidentlari ta’sischisi (ishtirokchisi)ga.
Ariza beruvchi tavsiya olish uchun arizani veb-portal (www.it-visa.uz) orqali Texnopark direksiyasiga yuboradi. Arizaga ariza beruvchi va uning oila a’zolariga (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi, farzandlari) tegishli pasport nusxalari, ariza beruvchi fotosurati hamda tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Ariza va boshqa hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 30 kundan oshmagan muddatda direksiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Direksiya ariza kelib tushgan kundan boshlab 1 kunda taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi.
Ariza beruvchiga quyidagi hollarda tavsiya berishni rad etish to‘g‘risida xulosa beriladi: ariza beruvchi tomonidan O‘zbekistonda bo‘lish qoidalari buzilgani aniqlanganda; ariza beruvchi nizomda nazarda tutilgan shaxslar toifasiga kirmasa; ariza beruvchi nizomda belgilangan tavsiya berish uchun talablarga javob bermasa.
Ariza beruvchiga tavsiya berish rad etilganda, u direksiyaga rad etish uchun asos bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda tavsiya olish uchun qayta murojaat qilishi mumkin. Tavsiya olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish, tavsiya berish va uning muddatini uzaytirish bepul amalga oshiriladi. Tavsiya ekspert guruhi xulosasi asosida 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
Mavzuga oid
12:27 / 24.12.2024
O‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi: qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi
18:12 / 11.12.2024
“Vertolyot kabi havoga tik ko‘tariladi” – AQShda hibrid samolyotning ilk surati namoyish etildi
18:26 / 10.12.2024
“Superkompyuterlardan ham tezroq” – murakkab muhandislik muammolarini oson hal qiladigan sun’iy idrok ishlab chiqildi
15:02 / 10.12.2024