Qirg‘iziston Tojikiston bilan to‘qnashuvda 24 kishi qurbon bo‘lganini ma’lum qildi
Qirg‘iziston matbuotiga ko‘ra, qirg‘iz-tojik chegarasidagi to‘qnashuv oqibatida jabrlanganlar orasida kamida olti nafar bola bor.
Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi to‘qnashuvlar natijasida 24 nafar Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘ldi, yana 103 kishi jarohat oldi, deb xabar qildi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi 17 sentabr, shanbaga o‘tar kechasi. «Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Botken viloyati kasalxonalariga 24 kishining jasadi olib kelingan. Botken viloyat bosh kasalxonasiga - 12 kishi, Leylek umumiy tibbiy amaliyot markazlariga - 10, Qudundu - 2 kishi olib kelingan», - deya mahalliy OAV vazirlik matbuot relizidan iqtibos keltirgan.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) rahbari Qamchibek Tashiyev o‘z navbatida, tinch aholi vakillari xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingani uchun qurbonlar «kamroq» ekanini ta’kidladi. Tashiyevning qirg‘iz tilidagi bayonoti 16 sentabr kuni kechqurun Facebook ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi.
Bundan tashqari, qirg‘iz matbuotining xabarlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida o‘n besh yoshli qiz, jabrlanganlar orasida to‘qqiz oylikdan o‘n bir yoshgacha bo‘lgan kamida olti nafar bola ham bor.
Tojikiston Qirg‘iziston bilan chegaradagi mojaroning keskinlashuvi chog‘ida halok bo‘lganlar va yaralanganlar soni haqida hozircha rasmiy ma’lumot bermagan.
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara hududlarning barchasida ham belgilanmagan va shu sababli vaqti-vaqti bilan to‘qnashuv zonasiga aylanib bormoqda. U yerda oxirgi marta vaziyat 14 sentabr kuni keskinlashdi, o‘shanda chegarachilar uning uchta uchastkasida otishma keltirib chiqardi.
16 sentabr kuni ertalab Qirg‘iziston chegara xizmati Tojikiston tomoni Ekitosh, Chirdobo, Qummozor va Ortobo‘z hududlaridagi chegara otryadlari va qirg‘iz tomoni pozitsiyalarini o‘qqa tuta boshlaganini ma’lum qildi. Botken chegara otryadiga qarashli «Ko‘ktosh» chegara postiga qarshi hudud qurollardan, shuningdek, minomyotlardan o‘qqa tutilgani aytiladi. Ayni vaqtda Qirg‘iziston tomoni Tojikistonni qo‘shni davlat hududining bir qismini tortib olishga urinayotganlikda aybladi.
Shu bilan birga, Tojikiston qirg‘iz kuchlarini Tojikiston chegarasidagi qator aholi punktlarini «og‘ir qurollardan» o‘qqa tutishda aybladi.
16 sentabr kuni tushdan keyin OAV Qirg‘iziston va Tojikiston o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar tarqatdi.
Shu kuni, 16 sentabrda Qirg‘iziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatli vakili Abdikarim Alimbayev Botken viloyatida favqulodda holat rejimini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ta’kidlashicha, bu qadam «mintaqada tinchlik o‘rnatish, mojaro o‘choqlarida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarni evakuatsiya qilish va joylashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, aholi o‘limining oldini olish va tegishli kuchlarni safarbar qilish maqsadida» amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
18:02
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024