Sport | 19:52 / 17.09.2022
23407
1 daqiqa o‘qiladi

Shomurodov ro‘yxatda, Masharipov va Iskanderov yo‘q. Katanets Kamerun va Kosta-Rikaga qarshi tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston milliy jamoasining FIFA kunlari doirasida sentabr oyidagi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun tarkibi e’lon qilindi.

Foto: Tribuna.uz

Bosh murabbiy Srechko Katanets 19 sentabr kuni boshlanadigan yig‘inga 23 nafar futbolchini jalb etgan.

Yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxati bilan tanishing:

Qayd etish joiz, Jaloliddin Masharipov jarohatdan tiklanayotgani sababli milliy jamoaga chaqirilmagan. «An-Nassr» klubining murojaatiga asosan futbolchi ushbu yig‘inni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Avvalroq, nihoyat Katanetsdan chaqiruv olishi kutilgan Jamshid Iskanderov esa bu safar ham milliy jamoa ro‘yxatidan o‘rin olmadi.

«Yig‘inning dastlabki kuni Toshkentda o‘tadi, keyin esa jamoamiz Kamerun va Kosta-Rika milliy jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga yo‘l oladi», - deyiladi O‘FA xabarida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi 23 sentabr kuni Kamerun, 27 sentabrda esa Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.

Mavzuga oid