O‘zbekiston | 11:03 / 19.09.2022
7191
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh reja tasdiqlandi

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar xalq deputatlari kengashining “Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh rejasini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

2023-2027 yillarda Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh reja tasdiqlandi. Unga ko‘ra, har yili 7 mlnga yaqin mavsumiy gullar, 75 mingdan kam bo‘lmagan miqdorda daraxt ko‘chatlari va butalar ekilishi nazarda tutilmoqda.
 
Bosh rejada yil yakuniga qadar yog‘ingarchilik mavsumlarida shahar hududlarida suv to‘planishi va suv toshishi mumkin bo‘lgan manzillar ro‘yxatini aniq shakllantirish va bartaraf qilish choralarini ko‘rish nazarda tutilmoqda.

Quyidagi vazifalar belgilanmoqda:

  • 2024 yilga qadar poytaxt yashillik darajasini 30 foizga yetkazish;
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va tuman hokimliklariga atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga mansub bo‘lgan korxonalari atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95 foizdan past bo‘lmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalarni o‘rnatilishi nazorat qilishni yuklatish;
  • shahar va tumanlar markazlari ko‘chalaridagi irrigatsiya tarmoqlarini xatlovdan o‘tkazib, tarmoqlarni joriy ta’mirlash va yangilash choralarini ko‘rish;
  • daraxtlarni zararkunanda hasharotlardan saqlab qolish uchun chet ellik mutaxassislarni jalb etish;
  • 2022-2024 yillarda shahardan o‘tadigan kanallar (62 km qismi) qirg‘oq bo‘ylarini obodonlashtirish, kanallar qirg‘oqlarini mustahkamlash, ko‘kalamzorlashtirish va sayilgohlar tashkil etish.

Mavzuga oid