Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasining oylik o‘rtacha ish hajmi 89 ta ishni tashkil qilgan
“Sud qarorlari qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Jinoyat-protsessual kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Hujjatda aytilishicha, sud qarorlari qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishda kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rish Oliy sud vakolatiga o‘tkazilishi o‘rta bo‘g‘in – viloyat sudlari imkoniyatlaridan samarali foydalanilishini cheklamoqda.
2020 yilda Oliy sud tomonidan 1 291 ta ish ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 7 560 taga yetib (2022 yil birinchi yarmida 3 441 ta), Oliy sudda ko‘rilgan ishlar soni bir necha barobar oshgan. Oliy sudda ish hajmi keskin oshib ketishi bilan birga, fuqarolar olis hududlardan ortiqcha vaqt va xarajat sarflab Oliy sudga kelishga majbur bo‘lmoqda.
Oliy sudda ish hajmi ortib ketishi natijasida ayrim hollarda ishlarni ko‘rish muddatlari buzilishiga hamda sudyalar ish sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aytilgan. Tahlillarga ko‘ra, 2021 yilda Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi bir oylik o‘rtacha ish hajmi 89 tani tashkil qilgan. Shikoyatdagi vajlar har taraflama tekshirilmay, ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmasdan, sud qarori bekor qilinib, quyi sudlarga yuborish holatlari ko‘paygan.
Bildirilishicha, amaldagi qonun bilan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 10 kundan 20 kunga uzaytirilishi mahbuslarni tergov hibsxonalarida saqlash bilan bog‘liq muammolarni keltirib, ular soni keskin ortib, muassasalarda belgilangan me’yoridan ortiq mahbuslar saqlanishiga sabab bo‘lmoqda.
Apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan ishlarni kelgusida kassatsiya instansiyasida ko‘rib bo‘lmasligi haqidagi qonun talablari fuqarolar e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
17:49 / 06.12.2024
Oliy sud: 10 oyda 4 934 kishi sud zalida qamoqdan ozod qilindi
11:05 / 10.11.2024
«Izolyatorlar to‘lib ketgan» – Oliy sud raisi sudyalar qat’iyatsizligining oqibatlari haqida
19:20 / 21.10.2024
Toshkentda sudyalar uchun Germaniya va Sloveniya tashkilotlari hamkorligida seminar-trening boshlandi
14:44 / 21.09.2024