O‘zbekiston | 12:10 / 28.09.2022
3165
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Jahon banki vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani birgalikda yo‘lga qo‘ymoqchi

Jahon banki bilan O‘zbekistonda yashil, quyosh va shamol energetikasi loyihalarini hamkorlikda ishlab chiqish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.

Foto: Dunyo

Jahon banki energetika bo‘yicha biznes missiyasining O‘zbekistonga safari doirasida «O‘zbekneftgaz» rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Jahon banki energetika va gaz sektori mutaxassislari bilan O‘zbekistonda gaz jabhasini isloh qilish va kam uglerodli vodorod ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» muhokama qilindi.

Tomonlar parnik gazlari chiqindilarini kamaytirish va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish uchun ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish bo‘yicha dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdi.

Jahon banki energetiklari «O‘zbekneftgaz» bilan birgalikda yashil, quyosh va shamol energetikasi hamda vodorod ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni birgalikda o‘rganishni taklif qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yashil loyihalarni amalga oshirish orqali iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatlarini birgalikda tahlil qilish bo‘yicha hamkorlik keyingi bosqichlarini belgilab oldi.

Mavzuga oid