O‘zbekiston | 13:12 / 29.09.2022
4898
1 daqiqa o‘qiladi

«Malibu»da poytaxtga olib o‘tilayotgan 3 kilogramm gashish Toshkent viloyatida ushlab qolindi

Foto: IIBB axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB hamda DXX Toshkent viloyati boshqarmasi hamkorligida Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda poytaxtga olib o‘tilayotgan gashish fosh etildi.

Toshkent viloyati IIBB JQB hamda DXX Toshkent viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari hamkorlikda Zangiota tumanida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazgan.

Foto: IIBB axborot xizmati

Uning natijasida, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro (Toshkent shahrida yashovchi) o‘ziga tegishli bo‘lgan “Malibu” avtomashinasida 2 kilogramm 933 gramm gashish giyohvandlik vositasini Termizdan Toshkent shahriga olib kelayotgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Zangiota tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid