O‘zbekiston | 12:53 / 29.09.2022
3360
2 daqiqa o‘qiladi

Veterinariya va chorvachilik sohasida ko‘krak nishonlarini berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston veterinariya fidoyisi” va “O‘zbekiston chorvachilik fidokori” ko‘krak nishonlari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Ko‘krak nishonlari bilan quyidagilar taqdirlanadi:

“O‘zbekiston veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan – veterinariya sohasini rivojlantirish, sohada nazoratni kuchaytirish va xizmatlar sifatini oshirish, epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar;

“O‘zbekiston chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni bilan – chorvachilikni rivojlantirish, chorva mollari naslini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan shaxslar.

Nomzodlar bo‘yicha takliflar har yili 1 iyulgacha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga beriladi. Qo‘mita raisi tomonidan nomzodlarni ko‘rib chiqish uchun 5 kishilik komissiyalar tuziladi.

Komissiyalar nomzodlar bo‘yicha takliflarni o‘rganib 1 avgustgacha yakuniy xulosalarni qabul qiladi. Xulosalar asosida qo‘mita raisining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyruqlari qabul qilinadi.

Ko‘krak nishonlari har yili 1 sentabr – Mustaqillik bayrami arafasida tantanali topshiriladi. Ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanganlarga 1,2 mln so‘m miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti va esdalik sovg‘alar beriladi.

Mavzuga oid