O‘zbekiston | 15:26 / 01.10.2022
5034
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xalqaro yuk tashish hajmida mahalliy tashuvchilar ulushi 60 foizdan oshdi 

Foto: Shutterstock

Xitoyning yetakchi «Jenmin jibao» gazetasi va «Sinxua» axborot agentligi internet sahifalarida O‘zbekistonda transport sohasi islohotlariga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi, deb xabar qilyapti «Dunyo».

Prezident Shavkat Mirziyoyev temiryo‘l tranziti imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish, fuqaro aviatsiyasini qulay, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatadigan sohaga aylantirish, xalqaro tranzit yuk tashish uchun zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish, temiryo‘l transporti yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tranzit yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish kabi vazifalarni belgilab berdi, deyiladi nashrlarda.

Maqolada davlat rahbari Strategik islohotlar agentligi tarkibida transport bo‘yicha alohida guruh tashkil etish va bu sohani yanada takomillashtirish bo‘yicha asosli takliflar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergani ma’lum qilingan. Transport infratuzilmasini kengaytirish, sohani raqamlashtirish bo‘yicha yana ko‘plab vazifalar belgilab olindi.

«Umuman olganda, aviatashuvlar bozori liberallashuvi natijasida so‘nggi uch yilda O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshiruvchi kompaniyalar soni ikki baravar ko‘paydi. Xalqaro avtomobil transportida yuk tashish hajmida mahalliy tashuvchilar ulushi 62 foizga yetdi», deb yozadi Xitoy OAV.

Mavzuga oid