O‘zbekiston | 16:40 / 01.10.2022
9775
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni O‘zbekistondan za’faron va quritilgan mevalarni import qilmoqchi

O‘zbekistonda yetishtirilgan za’faron Saudiya Arabistoni bozoriga kirib boradi.

O‘zbekistonning Jiddadagi bosh konsulxonasi ko‘magida Saudiya Arabistonining Vision Development va O‘zbekistonning BMB Trade Group kompaniyalari rahbariyati o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Muloqotda O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Saudiya Arabistoniga eksport hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi. BMB Trade Group kompaniyasi dalalarida yetishtirilayotgan za’faron mahsuloti yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Vision Development kompaniyasi bosh direktori Mujahid Xan Arbab Xan BMB Trade Group kompaniyasining za’faron va quritilgan mevalarini Saudiya Arabistoniga import qilishga qiziqish bildirdi. U o‘zbek kompaniyasining Saudiya Arabistonida dilerlik xizmatini ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi.

 

Mavzuga oid