Xiaomi kamerasi 200 megapikselli smartfonini namoyish etdi
Xiaomi 12Tning 8/128 GB xotirali modeli narxi 600 yevrodan boshlanadi. Xuddi shunday xotiraga ega Xiaomi 12T Pro narxi 750 dollarga teng.
Xiaomi kompaniyasi 12T va 12T Pro smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi.
Xiaomi 12T turkumidagi smartfonlar yagona dizayn va ayrim tafovutlari bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘ldi. Har ikki qurilma 6,67 dyuymli OLED-displeylar bilan jihozlangan. Ular shuningdek, ekranosti barmoq izlari skaneriga ega.
Xiaomi 12T 108 megapikselli asosiy kamera, 8 megapikselli keng burchakli modul hamda 2 megapikselli makrokamera bilan jihozlangan. O‘z navbatida, 12T Proning asosiy kamerasi 200 megapikselga teng. Smartfonlarning old kamerasi 20 megapikselni tashkil etadi.
Xiaomi 12Tga MediaTek Dimensity 8100 Ultra, Xiaomi 12T Proga esa Snapdragon 8 Plus Gen1 protsessori o‘rnatilgan. Qurilmalarning akkumulyator sig‘imi 5000 mAs.
Modellar Android 12 operatsion tizimida, MIUI 13 qobig‘ida ishlaydi.
Xiaomi 12Tning 8/128 GB xotirali modeli narxi 600 yevrodan boshlanadi. Xuddi shunday xotiraga ega Xiaomi 12T Pro narxi 750 dollarga teng.
Mavzuga oid
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
14:35 / 09.10.2024