O‘zbekiston | 10:50 / 05.10.2022
6416
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda oilalar baxtlilik indikatori ishlab chiqilyapti

O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik indikatori ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati rahbari Manija Bahriyeva ma’lum qildi.

Manija Bahriyeva

Qayd etilishicha, institut tomonidan xalqaro baxtlilik indikatorlarini o‘rganish hamda oilalar baxtlilik indikatorini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruh tarkibi shakllantirilgan. 

Bunda xalqaro baxtlilik indikatorlari hamda Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Butan, Indoneziya, Malayziyada joriy qilingan indekslar tahlil qilindi. 

Tahlil va o‘rganishlar natijasida oilalar baxtlilik indikatorlari aniqlandi. Bunda, o‘zbek millati xarakteri va turmush darajasidan kelib chiqib sub’yektiv va obektiv baxt ko‘rsatkichlari inobatga olindi.

Mavzuga oid