Jamiyat | 17:58 / 05.10.2022
9827
1 daqiqa o‘qiladi

«Sanoat Energetika guruhi» «O‘zbekneftgaz» va Energetika vazirligi bilan yaqin hamkorlikda O‘zbekiston neft-gaz sohasi va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilmoqda

Foto: Sanoat Energetika Guruhi

SEG kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1002-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan O‘zbekistonda neft qazib olish samaradorligini oshirish davlat dasturi ijrochisi bo‘lib, mamlakatning neft-gaz sanoati va FNQIZni modernizatsiya qilish jarayoniga xalqaro kapitalni jalb etmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ bilan yaqin hamkorlikda, shuningdek, Energetika vazirligi ko‘magida O‘zbekiston konlaridan neft qazib olish hajmini ko‘paytirish dasturi hamda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish dasturini tizimli ravishda amalga oshirmoqdamiz. Ushbu sa’y-harakatlarning barchasi O‘zbekistonni o‘zining uglevodorod xomashyosi va yuqori sifatli neft mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan. Biz ham, davlat darajasidagi hamkorlarimiz ham – barchamiz shu maqsad sari intilmoqdamiz”, — dedi SEG bosh direktori Shokir Fayzullayev.

«Sanoat Energetika Guruhi» Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid