O‘zbekiston | 18:58 / 06.10.2022
18873
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston DXX chegara qo‘shinlari delegatsiyasi «Tolibon» chegara qo‘mondonligi mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Foto: twitter.com

5 oktabr kuni Balx viloyatining Hayraton portida Afg‘oniston muvaqqat hukumatining shimoliy chegarasi qo‘mondonligi mas’ullari O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Afg‘oniston mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, uchrashuvda tomonlar xavfsizlik holati va chegara masalalarini muhokama qilgan.

«Ushbu uchrashuvda tomonlar ikki davlat chegarasi orqali xavfsizlikni yaxshilash, muammolarni hal qilish, chegara kuchlari o‘rtasida zarur muvofiqlashtirish va aloqani ta’minlash hamda boshqa masalalarni muhokama qildi.

Ayni paytda tomonlar o‘z muammolarini muloqot yo‘li bilan hal qilishga va kelajakda ehtimoliy chegara buzilishlarining oldini olishga kelishib oldi», - deyiladi bayonotda.

Ma’lum qilinishicha, afg‘on tomoni delegatsiyasiga 6-chegara brigadasi qo‘mondoni Mansur Mavlaviy, O‘zbekiston delegatsiyasiga esa polkovnik Xoliq Nazar boshchilik qilgan.

Mavzuga oid