O‘zbekiston | 13:01 / 06.10.2022
6015
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda limon narxi yil boshidan buyon 30 foizga qimmatlashdi

Limon narxlari so‘nggi bir oyda esa o‘rtacha 8 foizga arzonlashgan 

Foto: Kun.uz

2022 yilning sentabr oyida limon narxlari avgust oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 8 foizga arzonlashgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, limon narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 30,1 foizga qimmatlashgan.

Limon narxlari o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 19,1 foizga oshgani kuzatilgan.

Mavzuga oid