O‘zbekiston | 07:35 / 07.10.2022
33765
1 daqiqa o‘qiladi

Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» dam olish maskani yana sotuvga qo‘yildi

Ilgari Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan majmua ikkinchi marta ochiq kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot 70 milliard so‘mga baholandi.

Foto: Kun.uz

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi E-auksion saytida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Sijjak» dam olish maskanini yana sotuvga qo‘ydi.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 5,38 gektar, bino va inshootlar maydoni 4039,56 kvadrat metrni tashkil etadi. Majmua hududida mehmonxona binolari, bir nechta suzish havzalari, amfiteatr, kottej, suv minorasi va boshqa inshootlar mavjud.

Boshlang‘ich bahosi – 70 milliard 68 million so‘m, omonat summasi – 3,5 milliard so‘m. Arizalar 7 noyabr soat 09:00 gacha qabul qilinadi, auksion shu kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

Avval ushbu obekt Gulnora Karimovaga tegishli edi. Dam olish maskani birinchi marta o‘tgan yilning mart oyida ochiq kimoshdi savdosiga qo‘yilgandi. 

Mavzuga oid