O‘zbekiston | 13:02 / 07.10.2022
5000
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 34 ta zamonaviy elektropoyezd sotib olish bo‘yicha xalqaro tender e’lon qildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 34 ta zamonaviy elektropoyezd sotib olish bo‘yicha xalqaro tender e’lon qildi.

Foto: Afrik21

Tender elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni yetkazib berish, kadrlar tayyorlashni ham nazarda tutadi.

34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinishi natijasida 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bular: Toshkent – Jizzax – Toshkent, Toshkent – Keles – Toshkent, Navoiy – Buxoro – Navoiy, Samarqand – Jizzax – Samarqand, Samarqand – Shahrisabz – Samarqand, Samarqand – Qarshi – Samarqand, Andijon – Xonobod – Andijon, Nukus – Xiva – Nukus.

Yangi yo‘nalishlarda temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yilishi natijasida bir yilda 5 million 925 ming 500 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

Toshkent – Hojikent – Toshkent, Toshkent – Angren – Toshkent, Namangan – Andijon – Namangan, Qo‘qon – Andijon – Qo‘qon, Toshkent – Guliston – Toshkent, Toshkent – Bekobod – Toshkent, Termiz – Sariosiyo – Termiz, Qarshi – Buxoro – Qarshi, Buxoro – Xiva – Buxoro, Samarqand – Buxoro – Samarqand kabi 10 ta mavjud yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi yo‘nalishlarda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishi va mavjud yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlar tashkil etilishi orqali bir yilda jami 22 million 473 ming 500 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga erishiladi.

Mavzuga oid