Sport | 22:00 / 09.10.2022
23078
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Haitini mag‘lub etib, amputantlar o‘rtasidagi jahon chempionati bronza medaliga ega chiqdi

Turkiyaning Istanbul shahrida nogiron-amputantlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari yakuniga yetmoqda. Bir necha daqiqa oldin turnirning 3-o‘rin uchun o‘yini yakunlandi.

«Galatasaroy» klubining uy stadionida bronza medali uchun kechgan bahsda O‘zbekiston amputantlar jamoasi Haiti ustidan 4:2 hisobida zafar quchib, jahon chempionati sovrindoriga aylandi. O‘yinda Abdurahmonov het-trikka erishgan bo‘lsa, yana bir golga Xudoyqulov mualliflik qildi. Final yakshanba oqshomida Turkiya va Angola o‘rtasida kechadi.

Amputantlar o‘rtasidagi JCh-2022.
3-o‘rin uchun o‘yin. 9 oktabr (yakshanba)
O‘zbekiston – Haiti – 4:2
Gollar:
Abdurahmonov 17, 48, 49, Xudoyqulov 14 – Richard 6, Charles 19. 

Shu tariqa, O‘zbekiston amputantlar jamoasi o‘z tarixida 3 marta jahon kubogining bronza medaliga ega chiqdi. Bungacha vakillarimiz 1991 va 2002 yilgi turnirda 3-o‘rinni egallagan edi. 2007, 2010 va 2012 yillar esa JCh g‘olibiga aylangan.

Mavzuga oid