Urganchda Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori pora bilan ushlandi
U 4 nafar fuqaroni vaqtincha ishsizlar ro‘yxatiga kiritib, nafaqa puli tayinlab berishini aytib, evaziga 4 mln so‘m olganlikda gumonlanyapti.
Xorazm viloyati, Urganch shahrida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori pora bilan ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urganch shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori D.B. pora olayotgan paytida ushlandi.
U 4 nafar fuqaroni vaqtincha ishsizlar ro‘yxatiga kiritib, nafaqa puli tayinlab berishini aytib, evaziga 4 mln so‘m so‘ragan. Kelishilgan pulning 2 mln so‘mini oldindan olgan. So‘ngra, qolgan 2 mln so‘mini ish joyida olayotgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:33
YeTTB Xorazmda elektr uzatish tarmog‘i qurilishini moliyalashtiradi
11:08 / 24.12.2024
Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi
17:20 / 17.12.2024
Xitoyda katta miqdorda pora olishda ayblangan partiya mulozimi qatl etildi
07:49 / 16.12.2024