O‘zbekiston | 13:05 / 15.10.2022
12436
2 daqiqa o‘qiladi

Orolbo‘yida 1,6 mln gektar maydonga samolyotda cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘lari sepildi

Orolbo‘yi hududida ekologik muvozanatni tiklash maqsadida 1 mln 658 ming gektar maydonga samolyot, deltaplan va boshqa maxsus texnikalar yordamida cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘lari sepildi. 

Foto: Kun.uz

FVV axborot xizmati 13 oktabr — Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan mamlakatda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston hududi uchun umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi ishlab chiqilgan. Respublikadagi 10 ta kompleks prognostik va 40 ta seysmik stansiyadan olingan kuzatuv ma’lumotlari natijalari tahlil qilindi. Mamlakat va unga chegaradosh hududlarda qayd etilgan 2 348 ta zilzila monitoringi yuritildi.

Orolbo‘yi hududida ekologik muvozanatni tiklash maqsadida, jami 1 mln 658 ming gektar maydonga samolyot, deltaplan va boshqa maxsus texnikalar yordamida cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘lari sepilib, 85 ming gektar maydonga turli xil cho‘l o‘simliklari ko‘chatlari ekildi. 41 ta aholi punktida 177 ta yer osti quduqlari burg‘ilandi va 10 ming nafardan ortiq aholi suv bilan ta’minlandi.

Xavfli hududlarda daryolar, soylar va kanallar o‘zanlarini tozalash, qirg‘oq va dambalarni mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida 480 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilgan.

Mavzuga oid