O‘zbekiston | 10:13 / 18.10.2022
6264
1 daqiqa o‘qiladi

Nikohdan ajrashish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan hudud ma’lum qilindi

Nikohdan ajrashish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan top-10 hududlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yilning 1 oktabr holatiga respublika tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan nikohdan ajrashish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yuqori raqam Guliston shahrida qayd etildi - 3,5 ta.

Qolgan hududlar kesimida vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Yangiyer shahri - 3,3 ta;
  • Sergeli tumani - 3,1 ta;
  • Olmaliq shahri - 2,9 ta;
  • Shirin shahri - 2,9 ta;
  • Bektemir tumani - 2,5 ta;
  • Qibray tumani - 2,5 ta;
  • Chipchiq shahri - 2,4 ta;
  • Buxoro shahri - 2,4 ta;
  • Farg‘ona shahri - 2,4 ta.

Mavzuga oid