O‘zbekiston | 16:33 / 19.10.2022
3848
2 daqiqa o‘qiladi

Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanganlar tizimga 26,1 mlrd so‘m zarar yetkazdi - «O‘zenergoinspeksiya»

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida elektr va issiqlik energiyasidan noqonuniy foydalangan 440 nafar iste’molchi tomonidan 87 mlrd so‘m yetkazilgan zarar undirilgan. 

O‘tgan 9 oy davomida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish tufayli tizimga 26,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda  «O‘zenergoinspeyetsiya» axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev ma’lum qildi.

Brifingda ma’lum qilinishicha, tekshiruvlar natijasida 35 kV va undan yuqori elektr qurilmalariga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari, energo tizimi korxonalari, davlat tashkilotlarida hamda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish bo‘yicha jami 718 ta holat aniqlangan.

Buning natijasida, elektr va issiqlik energiyasidan noqonuniy foydalangan 440 nafar iste’molchi tomonidan 87,1 mlrd so‘m yetkazilgan zarar bo‘yicha qayta hisob-kitoblar amalga oshirilgan.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi – Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida aniqlangan.

«Tekshiruvlarda noqonuniy ulangan, qoniqarsiz texnik holatdagi jami 3608 ta elektr qurilmaning ishi hamda xavfsizlikka rioya qilmagan 35 ta brigadaning ishi to‘xtatildi. 250 nafar mas’ul xodimlarga tegishli choralar ko‘rildi. Shuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birga elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan 758 nafar iste’molchi tomonidan tizimga 26,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan» - dedi Navro‘z Norboyev.

Avvalroq, Farg‘onada qariyb 14 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid