Android operatsion tizimining yangi versiyasi chiqdi
Google arzon smartfonlar uchun Android 13 operatsion tizimining yengil versiyasini chiqardi.
Google kompaniyasi Android 13 operatsion tizimining Go Edition deb nomlangan yangi, yengil versiyasini taqdim etdi. U arzon smartfonlar uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Qayd etilishicha, Android 13 asosiy versiyasi chiqarilganidan taxminan ikki oy o‘tgach, uning yengil versiyasi taqdim etilmoqda.
Android 13 Go versiyasida oldingi yengil versiyalardan farqli o‘laroq, «eski» operatsion tizim interfeysi saqlab qolindi. Soddalashtirilgan versiya ham Material You dinamik ranglari bilan ta’minlangan.
Shuningdek, bloklangan ekran va tezkor sozlamalar menyusidagi mavzular deyarli o‘zgarmagan. Ular ko‘p jihatdan Google Pixel smartfonlari imkoniyatlari bilan bir xil.
Android 13 Go versiyasida Google Play tizimini yangilash imkoniyati bor. Bu esa Android OT va ilovalarni smartfonga o‘rnatishni ancha osonlashtiradi.
Avvalroq Google smartfonlar bozori Apple tomonidan egallab olinishiga qarshi turish uchun o‘z qurilmalarini ishlab chiqishga sarmoya kiritishni ikki barobarga oshirishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:12 / 20.12.2024
Google qidiruvida «Kalmar o‘yini»ni o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ldi
16:42 / 16.12.2024
Google yil davomida eng ko‘p qidirilgan mavzularni e’lon qildi
23:20 / 10.12.2024
Google Willow nomli yangi kvant protsessorni taqdim etdi
00:51 / 04.12.2024