Jamiyat | 21:12 / 20.10.2022
19548
1 daqiqa o‘qiladi

Budjet mablag‘lari o‘zlashtirilishi ishi bo‘yicha qamoqqa olingan Qarshi shahar XTB mudiri garov evaziga qo‘yib yuborildi

Yetkazilgan moddiy zarar qoplangani va qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa holatlarni hisobga olgan holda, Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan Qarshi shahar XTB mudiriga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilinganlik holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari davomida Qarshi shahar XTB mudiri Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan bo‘lib, hozirda yetkazilgan moddiy zarar qoplangani va qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa holatlarni hisobga olgan holda, unga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llangan.

«Tergov harakatlari davomida taraflarning barcha vajlari to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilib, natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. Tergov harakatlarining borishi nazoratga olingan», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid