“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan talabalar uchun zamonaviy o‘quv markazi foydalanishga topshirildi
Bugun, 20 oktyabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Elektr energetikasi fakulteti qoshida tashkil etilgan o‘quv markazining foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, yangi o‘quv markazi elektr tarmoqlarini loyihalashtirishga mo‘ljallangan zamonaviy IT-xonasi, “ASKUE” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun zamonaviy laboratoriya xonasi va “Elektr ta’minoti” o‘quv poligonidan tashkil topgan.
O‘quv markazi doirasida tashkil etilgan o‘quv xonalari bugungi kunda ishlab chiqarishda amalda qo‘llanayotgan zamonaviy dasturlar texnik qurilmalar bilan boyitilgan bo‘lib, bularning barchasi energetika sohasi uchun malakali va sifatli kadrlar tayyorlashga asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quv markazini tashkil etishdan maqsad – talabalarning mutaxassislik fanlari bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, sohada qo‘llanilayotgan qurilmalarning ishlash prinsiplari, ularning turlari bo‘yicha amaliy tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini berish hamda O‘zbekiston elektr tarmoqlarini zamonaviy DigSilent dasturi yordamida raqamli modelining yaratilishi munosabati bilan talabalarning mazkur dastur bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, elektr energetika tizimlarini loyihalash bilan bog‘liq loyihalarga professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarni jalb etish hamda elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasining hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimlari, jumladan, maishiy iste’molchilar hamda sanoat korxonalarida elektr energiya iste’moli hisobi va nazorati tizimlarini tashkil etish jarayonlari bilan tanishtirish va mazkur tizimlarni qurish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Mazkur o‘quv markazi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida foydalanishga topshirilgan bo‘lib, mazkur loyihalar 2021 yilda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida o‘tkazilgan konferensiya doirasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum hamda 2021-2026 yillarda “Elektr ta’minoti sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashning yo‘l xaritasi” ijrosi doirasida amalga oshirildi.
O‘quv markazi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi quyidagilarga imkon yaratadi:
- ishlab chiqarish va oliy ta’lim muassasasi hamkorligini rivojlantirish;
- sifatli kadrlar tayyorlash asosida elektr energetika tizimining raqamli modeli bazasini mustahkamlashda iqtidorli talabalarni jalb etish;
- energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarda oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari salohiyatidan foydalanish hamda mazkur loyihalarning ilmiy asoslarini yaratish;
- elektr energiya iste’moli hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan tizimlarini qurishning o‘ziga xos xususiyatlari, ularni qurish ketma-ketliklari, texnik hamda dasturiy ta’minoti bilan tanishtirish;
- talabalarda sanoat korxonalari va maishiy iste’molchilarda elektr energiya iste’moli hisobi va nazoratini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarining tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- talabalarning sohaga doir bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlashga imkon yaratish hamda elektr tarmoqlari qurilmalarini montaj qilish, sozlash va ishlatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmasini shakllantirish;
- qurilmalar bilan ishlashda havfsizlik qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda past kuchlanishli iste’molchilar elektr ta’minoti tizimini loyihalashtirishning asosiy xususiyatlarini tadqiq etish.
Tadbir davomida “Elektr ta’minoti” o‘quv poligonida Olmazor tumani elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan ko‘rgazmali taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
15:49 / 21.12.2024
“Hududiy elektr tarmoqlari”ga yangi rais tayinlandi
22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
15:21 / 20.08.2024
O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi
20:26 / 07.08.2024