O‘zbekiston | 10:32 / 20.10.2022
3792
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat muvofiqlikni baholash organlarini qo‘llab-quvvatlash haqida qaror qabul qildi

“O‘zbekistonda muvofiqlikni baholash organlarini qo‘llab-quvvatlash qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, muvofiqlikni baholash organiga xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi.

Bunda xarajatlar amalga oshiriladigan ishlarning har bir birligi uchun ekvivalentda 200 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda milliy valutada qoplab beriladi.

Xarajatlar akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari hamda xodimlarni sertifikatlash organlariga qoplab beriladi.

Xarajatlari qoplab berilgan muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya guvohnomasi davriy baholashlarda bekor qilinsa, ushbu organga kelgusida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab berilmaydi.

2022 yil 1 apreldan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari akkreditatsiyasidan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berilishi belgilangan.

Mavzuga oid