Jahon | 15:53 / 20.10.2022
7828
3 daqiqa o‘qiladi

Jyeneva prokuraturasi Platini va Blatterga chiqarilgan oqlov hukmi ustidan shikoyat qildi

Foto: Reuters

Iyul oyida UYeFA va FIFAning sobiq rahbarlari Mishel Platini va Yozef Blatter firibgarlik, ishonchni suiiste’mol qilish va insofsiz boshqaruv bo‘yicha ishda aybsiz deb topilgan edi.

Shveytsariya prokuraturasi FIFA sobiq prezidenti Yozefa Blatter va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) sobiq rahbari Mishel Platinining oqlanishi yuzasidan apellyatsiya berdi. 20 oktyabr, payshanba kuni Jyenevadagi idora birinchi instansiya sudining qarorini butunlay bekor qilishni so‘rab, Federal jinoyat sudiga apellyatsiya shikoyati berganini ma’lum qildi. 

Joriy yilning iyul oyida Bellinsondagi sud ikki haftalik jarayondan so‘ng Platini va Blatterni firibgarlik, ishonchni suiiste’mol qilish va insofsiz boshqaruv ishida aybsiz deb topdi. Prokuratura ularning har biriga bir yil-u sakkiz oylik shartli jazo tayinlashni so‘ragan. Ayblovlar FIFA tomonidan 2011 yilda Blatter buyrug‘i bilan Platiniga o‘tkazilgan 2 million shveysariya frankiga bog‘liq edi. 

FIFAning sobiq rahbari bu summani Platiniga «janoblik kelishuvi» asosida o‘tkazgani bilan izohladi. O‘z navbatida, UYeFA sobiq rahbari gap 1998-2002 yillarda Blatterning FIFAda maslahatchisi bo‘lib ishlab topgan pullari haqida ketayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot moliyaviy ahvoli og‘ir bo‘lgani uchun ularni vaqtida unga o‘tkaza olmagan. Sud jarayonidan oldin olti yillik tergov o‘tkazildi.

86 yoshli Yozef Blatter FIFAni 1998 yildan 2015 yilgacha boshqargan va tashkilotdagi korrupsiya mojarosi tufayli iste’foga chiqqan edi. Blatter o‘rniga o‘sha paytdagi UYeFA rahbari 67 yoshli Mishel Platini o‘tirmoqchi edi. Tergov tufayli u bu rejalaridan voz kechishi va FIFA rahbari saylovidan bosh tortishiga to‘g‘ri keldi.

Ichki tekshiruvlar natijasida Platini UYeFA prezidenti lavozimini tark etdi. Blatter bilan birga u 8 yilga futboldan chetlashtirildi. Keyinchalik, sobiq sport amaldorlari uchun taqiqlar muddati qisqartirildi. 

Mavzuga oid