JSST dunyoda maymun chechagi bilan kasallanish kamaygani haqida xabar berdi
Dunyo bo‘ylab maymun chechagi bilan kasallanganlar soni kamaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus ma’lum qildi.
«So‘nggi sakkiz hafta ichida kasallik qayd etilganlar soni kamaydi. Bu juda umidvor qilmoqda», dedi JSST rahbari
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu tendensiya umidli, ammo bir qator mamlakatlarda epidemiya hali ham avjida ekani xavotirli.
JSST rahbarining ta’kidlashicha, o‘tgan haftada qayd etilgan bemorlarning deyarli 90 foizi Shimoliy va Janubiy Amerika hissasiga to‘g‘ri keladi. Ganada ham kasallanish holatining o‘sishi kuzatilgan, u yerda to‘rtta o‘lim qayd etilgan.
«Maymun chechagi epidemiyasiga barham berilishi kompleks yondashuvni talab qiladi. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash choralari ko‘proq xavf ostida bo‘lgan jamiyatlarga qaratilgan», dedi Gebreyyesus.
Maymun chechagi epidemiyasi to‘g‘risidagi hisobotda yozilishicha, 16 oktyabr holatiga ko‘ra, 109 davlatda 73 437 ta bemorda kasallik tasdiqlangan. Ulardan 26 nafari vafot etgan. So‘nggi 7 kun ichida 2167 ta bemor aniqlangan, bu o‘tgan haftaga nisbatan 20,6 foizga kam.
Maymun chechagi — hayvonlar va odamlarning yuqumli kasalligi bo‘lib, isitma, umumiy intoksikatsiya va ekzantema (toshmalar) paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Uni keltirib chiqaradigan patogen genetik jihatdan tabiiy (inson) chechagiga yaqin.
Mavzuga oid
18:07 / 22.12.2024
FT: AQSh Tramp prezidentligining birinchi kunida JSSTdan chiqishini e’lon qilishi mumkin
13:42 / 02.12.2024
Dunyoda 800 milliondan ortiq odam diabetdan azob chekadi - tadqiqot
16:51 / 25.11.2024
Bolalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan maymun chechak vaksinasi tasdiqlandi
19:15 / 15.11.2024